14:44 / 27.11.2021
1 662

Angliya grandlari zo‘r to‘purarni chaqiryapti

Angliya grandlari zo‘r to‘purarni chaqiryapti
Angliya grandlari – “Liverpul” va “Chelsi” Portugaliya chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan hujumkor futbolchi Luis Diasni transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Aslida kolumbiyalik yarim himoyachini Joze Mourino ham o‘z jamoasiga olib kelmoqchi edi. Biroq, “Roma” bu futbolchi uchun kurashda Angliya klublariga bas kela olmaydi.

24 yoshli futbolchi joriy mavsum yuqori saviyada o‘tkazmoqda. U “Portu” tarkibida barcha turnirlarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.

Luis Dias gollarining aksariyatini chap qanotdan uyushtirilgan hujumlar orqali kiritgani ham mutaxassislar e’tiboridan chetda qolmadi.
“Portu” o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini 80 million yevro atrofida baholayapti va yaxshi taklif bo‘lsa, yozda uni qo‘yib yuborishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya grandlari zo‘r to‘purarni chaqiryapti