19:15 / 29.11.2021
1 678

Terma jamoa yanvarda 3 haftalik yig‘in tashkil etadi

Terma jamoa yanvarda 3 haftalik yig‘in tashkil etadi
O‘FA sayti bugun milliy terma jamoamiz qishda ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi haqida xabar berdi.
Demak, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21 yanvar kuni Yaponiya, 1 fevralda esa Yangi Zelandiya bilan o‘ynaydi. Har ikkala o‘rtoqlik uchrashuvi safarda bo‘lib o‘tadi. Biz Yaponiyaga qarshi Tokioda, Yangi Zelandiyaga qarshi esa Dubayda maydonga tushamiz.

Bizgacha yetib kelgan xabarlarga ko‘ra, terma jamoamiz yanvarda 3 haftalik yig‘in o‘tkazadi. Bu yig‘in 10 yanvardan boshlanib, 1 fevralga qadar davom etadi. Yig‘in Dubayda olib boriladi. Orada Yaponiya bilan o‘ynash uchun Tokioga borib kelamiz. So‘ngra yana Dubayga qaytib, Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushamiz.

Har holda katta ehtimol bilan shunday bo‘ladi. Ma’lumki, yanvar oyida ham JCH saralash o‘yinlari belgilangan. Xususan 27 yanvar kuni Yaponiya o‘z maydonida Xitoyni qabul qiladi. Shu bois ular uchun 21 yanvarda bizga qarshi Tokioda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish ma’qulroq. Biz esa raqibning kuchi va darajasini hurmat qilgan holda safarga borishga majburmiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoa yanvarda 3 haftalik yig‘in tashkil etadi