20:20 / 07.12.2021
5 111

Superliga 2022 yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

Superliga 2022 yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasining 2022 yilgi mavsumi Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. Bu haqda PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston Superkubogi bahsi 26 fevral sanasida bo‘lib o‘tadi. Unda chempion sifatida «Paxtakor» va Kubok sohibi sifatida «Nasaf» o‘zaro kurash olib boradi.

Superliganing yangi mavsumi esa 2 mart kuni start oladi. Chempionatda 14 ta jamoa ishtirok etadi.

1. «Paxtakor»;
2. «OKMK»;
3. «Bunyodkor»;
4. «Lokomotiv»;
5. «Nasaf»;
6. «So‘g‘diyona»;
7. «Metallurg»;
8. «Navbahor»;
9. «Qo‘qon-1912»;
10. «Surxon»;
11. «Qizilqum»;
12. «Neftchi»;
13. «Dinamo»;
14. «Olimpik».

2021 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra «Andijon» (13-o‘rin) va «Turon» (14-o‘rin) Superligani tark etdi. Pro-Ligadan «Neftchi» va «Dinamo» Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘tish o‘yinida Pro-Ligada 3-o‘rinni olgan «Olimpik» jamoasi Superligada 12-pog‘onani band etgan «Mash’al»ga qarshi bahs olib bordi. Unda Temur Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, 2022 yilgi mavsumni Superligada boshlash imkoniga ega bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 2022 yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi