Beeline FTTB va ADSL texnologiyalaridan foydalanuvchi keng polosali simli internet abonentlari uchun yangi internet-paketlar tizimini ishga tushirmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz. Bu mijozlarga o‘zlarining asosiy limitini ishlatib bo‘lgandan so‘ng qo‘shimcha trafik hajmini olishga imkon beradi.
“Endi abonentlar trafik tugashi va yangi oy boshlanishini kutib xavotirlanmasliklari mumkin. Yangi paketlar tarif chegarasidan oshgan holda mablag‘ni tejab, xuddi o‘sha mablag‘ga ko‘proq gigabayt olishga yordam beradi”, deb ma’lum qildi Buzton QK bosh direktori O‘raz Abdurazzaqov.
Shaxsiy kabinetda 6ta yangi internet-paketlar tizimi mavjud, ularni 140-02-22 raqami orqali qo‘llab-quvvatlash xizmati operatori yordamida yoki Beeline ofislarida yoqtirish mumkin:
Internet-paket 1
• trafik hajmi – 1 100 Mb
• narxi – $10
Internet-paket 2
• trafik hajmi – 2 200 Mb
• narxi – $15
Internet-paket 3
• trafik hajmi – 4 300 Mb
• narxi – $20
Internet-paket 4
• trafik hajmi– 6 600 Mb
• narxi – $25
Internet-paket 5
• trafik hajmi– 8 800 Mb
• narxi – $35
Internet-paket 6
• trafik hajmi – 13 300 Mb
• narxi – $50
Internet paketlar “Yangi tezlik” va “Tungi tezlik” tarif rejalarida xarid qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida amal qiladi. To‘liq tafsilotlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda
Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi