6 626
Evropada eng yirik avtomobil kompaniyalari yagona elektrozapravkalar tarmog‘ini yaratishadi
Germaniyaning Daimler avtokonserni Evropada elektromobillarga mo‘ljallangan yagona quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini ishlab chiqish va foydalanishga kiritish bo‘yicha birlashgan loyiha haqida ma’lum qildi. Kompaniya matbuot relizida xabar berilishicha, bunday “o‘zaro tushunarli memorandum” BMW Group, Daimler AG, Ford Motor Company va Volkswagen Group vakillari, shuningdek, Audi va Porsche top-menejerlari tomonidan imzolangan.
"Eng asosiy vazifa – qisqa muddatlarda elektromobil egalarining uzoq masofalarga sayohat qilish imkonini beruvchi quvvatlantirish stansiyalarini yaratishdan iborat, - deyiladi matbuot-relizida. – Bu elektromobillarni ommaviy bozorga integrasiya qilishni yengillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi".
Avtokonsern bayonotiga ko‘ra, birlamchi rejaga ko‘ra 2017 yilda 400 stansiyani yaratish ko‘zda tutilgan. Loyiha mualliflari 2020 yilda “katta quvvatdagi mingta zaryad nuqtalarini” foydalanishga topshirishga umid bildirishmoqda. Ular asosan katta avtomobil magistrallari va shosselarda joylashtiriladi.
"Rejadagi yuqori tezlikdagi zaryadkaning ehtimoliy quvvati 350 kVt.ni tashkil etadi. Bu energiya zaxirasini tezda tiklash imkonini yaratadi", - ta’kidlaydi Daimler. Zaryad qurilmalarida Evropaning CCS (Combined Charging System) standarti qo‘llaniladi. Uning quvvati har bir avtomobilga alohida moslashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi