5 893
Musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida Google, Apple va Uber ishtirok etishdan bosh tortdi
Google, Apple va Uber kompaniyalari AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp yaratilishi mumkinligini aytgan, musulmonlar qayd qilinuvchi ro‘yxatning yaratilishida ishtirok etmaydilar. Bu haqda "Kun.uz" nashri ma’lum qildi.
Google vakili nashr bilan suhbatda ularga hech kim bunday ro‘yxatni yaratishda ishtirok etishni taklif qilmagani, biroq agar shunday taklif bildirilsa ham, kompaniya o‘ylab o‘tirmasdan buni rad etishini aytgan. Apple vakili ham shunga o‘xshash javob bergan, biroq kompaniya o‘zining barcha foydalanuvchilariga birdek munosabatda ekanligini qo‘shimcha qilgan. Uber’da ham bunday xizmatni yaratishda ishtirok etmasliklari aytildi.
Nashr, shuningdek, bu borada Amazon va Oracle kompaniyalari fikrini bilish uchun bu kompaniyalarga so‘rov yuborgan, biroq ulardan javob olinmagan.
Donald Tramp AQShda yashovchi barcha musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishi mumkinligini aytgan. Uning aytishicha, bu ro‘yxat AQShdagi terrorchilik faolligini nazorat qilishga yordam beradi.
2016 yil 13 dekabrda AQShning yirik texnologik kompaniyalaridagi 1,5 ming kishi musulmonlar qayd qilinadigan ro‘yxatning yaratilishida hech qachon ishtirok etmasliklarini aytishgan. Google, Apple, Amazon, Uber va Oracle kompaniyalari xodimlari ham bunga o‘z noroziliklarini bildirganlar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi