Germaniyaning BMW kompaniyasi 2017 yilda i8 gibrid kupesini restayling va modernizasiya qiladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, yangilangan modelda Formula E chempionatida qatnashgan elektr bolidning xavfsizlik tizimi qo‘llaniladi. Aslida, o‘sha poyga mashinasi ham i8 negizida barpo qilingan. 1,5 litrlik, uch silindrli ichki yonuv dvigateli hamda elektromotordan iborat agregat 362dan 377 ot kuchigacha kuchayadi.
Hozircha, ot kuchining ortishi uning dinamikasiga qanchalik ta’sir qilishi noma’lum. BMW i8 joyidan «yuz»ga 4,4 soniyada erisha oladi, uning eng yuqori tezligi soatiga 250 kilometrga etganida elektronika bilan cheklanadi.
Bundan tashqari, kupega litiy-ionli akkumulyatorlarning modernizasiya qilingan to‘plami o‘rnatiladi. Uning hajmi 7,1dan 10 kilovatt-soatgacha ortadi. Ammo, bu uning harakatlanish masofasini qanchalik uzaytirishi ham ma’lum qilinmagan. Va nihoyat, BMW i8 takomillashgan podveskaga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi