6 yoshli Eshlind Xauell, onasining taqiqloviga qaramay, o‘zi uchun Amazon'dan pokemonlar buyurtma qilishga qaror qildi. U onasining iPhone'ida nafaqat 250 dollarga o‘yinchoqlar tanlashning uddasidan chiqdi, balki xarid to‘lovini barmoq izlari skaneri orqali tasdiqlashga ham muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Aslida Betani Xauell qizining o‘yinchoqlari uchun shuncha pul sarflamoqchi emasdi. Biroq Eshlind onasining smartfonidagi Touch ID'ni "chuv tushirish" usulini o‘ylab topdi.
Betani uyquga ketganida qizi uning xonasiga kirib, uxlayotgan onasining barmog‘i yordamida iPhone'ni blokdan echdi. Shundan keyin u Amazon'ga kirib, 250 dollarga 13ta pokemon tanladi. Qizcha buyurtma to‘lovini ham xuddi shu usul bilan tasdiqladi.
Tez orada ona pullarning yo‘qolganini sezdi, lekin bunga smartfonining noma’lum kimsalar tomonidan buzib kirilishi sabab bo‘lgan deb o‘yladi. Shunda qizi uni tinchlantirdi: "Oyi, xavotir olmang. Men smartfon orqali xaridni amalga oshirdim. Yaqinda xarid keltiriladi".
Amazon Betaniga 13 pokemondan to‘rttasinigina qaytarishga ijozat berdi. Qolganini Eshlindga sovg‘a qilishga to‘g‘ri keldi. Biroq ona qiziga Santa-Klaus uning nayrangidan xabar topgani hamda boshqa uni tabriklashga kelmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi
Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi