Xitoy telekommunikasion uskunalarni sertifikatlashtirish markazi saytida high-end-sinfidagi Galaxy Tab S2 8.0 planshetining ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar va surati chop etildi, deb yozadi Kun.uz. Samsung kompaniyasi yaqin orada bu planshetni namoyish qilishi kutilmoqda.
Qurilmada 1,9 GGs takt chastotasiga ega 8 yadroli prosessor (taxminlarcha, kompaniyaning shaxsiy prosessori Exynos 7420) qo‘llangan. Tezkor xotira 3 Gb ni, flesh-modul sig‘imi 16 Gb ni va ko‘proqni tashkil qiladi (microSD-kartasi hisobiga oshiriladi).
Planshet 2048×1536 ko‘rsatish qobiliyatiga ega 8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Planshetning oldida 2 Mp li kamera, orqasida 8 Mp li kamera o‘rnatilgan. Planshet to‘rtinchi avlod LTE mobil tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.
Planshetning og‘irligi 260 grammni, o‘lchamlari 198,2×134,5×5,4 mm.ni tashkil qiladi. Planshet bunday qalinlik bilan 8-dyuymli planshetlar toifasida dunyodagi eng ingichka planshet nomini olishga da’vogarlik qilishi mumkin. Planshet Android Lollipop operasion tizimi o‘rnatilgan holda sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi