Foto: Wday
Bugungi hayotni Wi-Fi routersiz tasavvur qilish qiyin. Tom ma’noda hamma narsa internetga bog‘liq: kimdir uydan ishlaydi, kimdir onlayn filmlarni tomosha qiladi va kimdir video qo‘ng‘iroqlarda soatlab suhbatlashadi, deb yozadi Wday.
Har qanday gadjetlar simsiz signalga ulanadi: smartfondan noutbukgacha, hatto aqlli maishiy texnikalar ham. Odatda qurilma koridorda yoki televizor yoniga joylashadi. Ammo muqobil yechim sifatida u hatto muzlatkich yoniga ham qo‘yiladi.
Umuman olganda, qurilma signalini o‘chirish qiyin. Ammo uning o‘zi magnit chiziqli kartalarni demagnetizatsiya qilishi va uzatish sifatini pasaytirishi mumkin.
Masalan, uning atrofida bank va diskont kartalarini saqlash tavsiya etilmaydi. Ular tezda yaroqsiz holga keladi. Ammo chipli karta router ta’siridan zarar ko‘rmaydi.
Avtomobilning signalizatsiya kaliti ham uning yaqinida vaqti-vaqti bilan ishlab ketishi mumkin. Shuningdek, domofon kaliti va bluetooth eshitish vositasini ham qo‘ymaslik lozim.
Yaqin atrofdagi mikroto‘lqinli pech Wi-Fi signaliga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu toifaga dvigatellar bo‘lgan changyutkich va boshqa jihozlar ham kiradi.
Routerni metall buyumlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak, chunki metall elektromagnit maydon energiyasini yo‘qotadi. Uni devorlardagi beton va g‘ishtli tokchalarga ham o‘rnatmaslik tavsiya etiladi. Aks holda bunday burchaklarda to‘lqin to‘liq uzatilmaydi.
Agar kvartirada internet yaxshi ishlamasa, provayderdan kamchilik izlashga shoshmagan ma’qul. Balki undan foydalanishda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Wi-Fi uxlash uchun mo‘ljallangan joylar yaqiniga qo‘yilmasligi kerak. Agar organizm muntazam va uzoq vaqt davomida uning ta’siri ostida bo‘lsa, uning nurlanishi kichik bo‘lsa-da, salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Yaqinda amerikalik olimlar tajriba o‘tkazdi. Ular bir nechta kalamushlar kiritilgan qafas yoniga Wi-Fi router qo‘ydi. Kemiruvchilarning yetti foizida shish hosil qila boshladi. Bundan tashqari, hayvonlarda asabiylashish va giperfaollik kuzatildi.
Bu bilan qurilmani zararli vositalar qatoriga kiritib qo‘ymaslik zarur. Shunchaki sog‘liqni saqlashga yordam beradigan ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Mutaxassislar Wi-Fi'ni oynali balkonga ko‘chirishni maslahat beradi, u yerdan signal uy va boshqa buyumlar uchun ham xavfsiz tarzda tarqaladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?