
Apple kompaniyasi 2025-yilning eng yaxshi o‘yinlari va ilovalari ro‘yxatini e’lon qildi. Har yili o‘tkaziladigan App Store Awards mukofoti natijalariga ko‘ra, Cyberpunk 2077 Mac kompyuterlari uchun eng yaxshi o‘yin deb topildi.
iPhone uchun eng yaxshi o‘yin unvonini Pokémon TCG Pocket qo‘lga kiritdi. Howard Lovecraft asarlaridan ilhomlangan Dredge esa iPad uchun eng yaxshi o‘yin deb e’tirof etildi.
Ilovalar orasida Tiimo (iPhone), Detail (iPad) va Essayist (Mac) g‘olib bo‘ldi. Apple TV uchun yilning eng yaxshi ilovasi HBO Max deb tan olindi, Vision Pro qurilmasi uchun esa Porta Nubi o‘yini yetakchi deb topildi.
Madaniy hissasi uchun Chants of Sennaar va despelote kabi mustaqil loyihalar mukofot bilan taqdirlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.