
Yaqinda Madridning "Real" jamoasi Ispaniya chempionatining 16-turida "Selta"ga qarshi o‘yinda kutilmagan mag‘lubiyatga uchradi (0:2). Ushbu muvaffaqiyatsizlik yuzasidan "Barselona" sobiq direktori Toni Freysha o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hamma "Barselona" muxlislarini tabriklayman! Futbol maydonida hammasi hal qilinadi. Futbol haqida gap ketganda, taqqoslashga o‘rin yo‘q. Olg‘a, "Barselona"! Olg‘a, Kataloniya!" — deb yozdi Freysha o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" 16-tur doirasida "Betis"ni safarda 5:3 hisobida mag‘lub etishdi.
Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa 40 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. "Real" esa "Barselona"dan to‘rt ochkoga orqada qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.