
Xabi Alonso boshchiligidagi “Real Madrid”ning so‘nggi paytlardagi pasaygan o‘yini klub atrofida yangi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Madrid jamoasining bir nechta qator qoniqarsiz natijalari fonida bosh murabbiy bilan xayrlashish ehtimoli borligi haqida mish-mishlar tezda tarqaldi.
Ispaniya matbuoti yozganiga ko‘ra, “qaymoqranglilar”ni yana Zinedin Zidan qabul qilishi mumkinligi haqidagi gaplar yuribdi. Biroq fransuz muttaxassisining “Santyago Bernabeu”ga uchinchi bor qaytishi real bo‘lishi juda past ehtimol sifatida baholanmoqda.
Transfer News Live nashri AS manbasiga tayanib xabar qildi: “Real” Zidanni bosh murabbiy sifatida qaytarish rejasini umuman ko‘rib chiqmayapti. Sababi ham aniq — Zidan ayni vaqtda Fransiya Futbol Federatsiyasi bilan faol muzokara olib bormoqda va katta ehtimol bilan 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin Dide Desham o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Mazkur vaziyat madridliklarning o‘yindagi inqirozi fonida yanada qiziq ko‘rinishi turgan gap. Eslatib o‘tamiz, “Real” so‘nggi turda “Selta”ga 0:2 hisobida yutqazib, La Ligadagi yetakchi “Barselona”dan 4 ochko ortda qolgan.
Muxlislar esa savol ostida qolgan asosiy jihatga javob izlamoqda: klub murabbiy masalasida qay yo‘lni tanlaydi va mavsumni qanday davom ettiradi?
Bu savolning javobi hozircha noaniq, ammo jarayonlar jiddiy o‘zgarishlar qarshisida turganini anglatib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.