date

Havodan ichimlik suvi olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi

Havodan ichimlik suvi olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi

Shanxayning Jiao Tong universiteti mutaxassislari atmosfera havosidan ichimlik suvi olish imkonini beruvchi yangilik yaratdi. Ushbu texnologiya kondenatsiya, yutish va issiqlik nasoslari usullarini birlashtirgan va ayniqsa, namlik past va issiq hududlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

AtmosWell nomli qurilma — quyosh panellarida ishlovchi, to‘liq autonom stantsiya bo‘lib, harorat 15 dan 40 darajagacha, namlik esa 35 dan 99 foizgacha bo‘lgan sharoitda samarali ishlaydi. Bu qurilma kundalik 50 litrgacha ichimlik suvi ishlab chiqaradi va infrostruktura bilan ulanmasdan mustaqil ravishda ishlaydi. Qurilma o‘lchamlari kichik avtobus bekati kattaligiga teng.

Shuningdek, 1,6 ming litr suv ishlab chiqaradigan yanada katta quvvatga ega platforma ishlab chiqildi. Bu tizim, ayniqsa, orollar, kichik aholi punktlari va chekka hududlardagi mehmonxonalarda foydalanish uchun qulay.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Havodan ichimlik suvi olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi