date

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

O‘zbekistonda fuqarolarga qurilish maqsadida berilgan yer maydonlarida qurilgan, shu jumladan hujjatsiz barpo etilgan uy va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi mexanizm joriy etilishi kutilmoqda. Bu haqda 2-dekabr kuni jamoatchilik muhokamasiga taklif etilgan iqtisodiyot va moliya vazirligining hukumat qarori loyihasida belgilandi.

Loyiha “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Talablarga ko‘ra, qonun doirasida faoliyat yuritadigan ishchi guruhlar barcha turdagi ko‘chmas mulklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazadi. Eng muhimi — bu jarayonda yer egalaridan ariza talab etilmaydi. Aniqlangan ma’lumotlar maxsus “E’tirof” axborot tizimiga kiritiladi.

Kadastr agentligi tomonidan foydalanishga ruxsat berilgan uy va inshootlarga bo‘lgan huquqlar belgilangan tartibda rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Agar xatlov paytida o‘zboshimchalik qurilish holatlari aniqlansa, fuqarolarga obyektlarni qanday qilib qonuniylashtirish mumkinligi bo‘yicha tushuntirishlar beriladi.

Shu bilan birga, xatlov yakunlangach uch oy ichida rasmiylashtirilmagan uy-joylar bo‘yicha ma’lumotlar Kadastr agentligi orqali Soliq qo‘mitasiga, Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligi orqali tegishli nazorat organlariga yuboriladi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 27-maydagi qaroriga muvofiq, obyektlarning murakkabligi va toifasiga qarab kadastr pasportlarini tayyorlash muddatlari uzaytirilgan edi.

Bu yangi tartib fuqarolarga o‘z uylarini qonuniy maqomga ega qilishda yanada aniq, muvofiqlashtirilgan va shaffof mexanizm yaratib berishni maqsad qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi