date

“X” platformasiga rekord jarima: Yevropa 120 mln yevrolik sanksiya qo‘lladi

“X” platformasiga rekord jarima: Yevropa 120 mln yevrolik sanksiya qo‘lladi

Yevropa Komissiyasi “X” (sobiq Twitter) platformasini Yevropa Ittifoqining Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) talablarini buzganlikda ayblab, unga 120 million yevro jarima qo‘lladi. Bu — DSAga amal qilmagani uchun berilgan birinchi rasmiy jarima hisoblanadi.

Rasmiylarga ko‘ra, platformadagi “ko‘k belgi” orqali tasdiqlangan hisoblar tizimi foydalanuvchilarni chalg‘itmoqda va yolg‘on ma’lumotlarga ishonishga majbur qilmoqda. Chunki ko‘k belgining berilish tartibi shaffof emas, bu esa firibgarlik, identitetni o‘g‘irlash va boshqa manipulyativ holatlarga yo‘l ochadi.

Shuningdek, Evrokomissiya “X”ni:

  • reklama bo‘yicha yetarli shaffoflikni ta’minlamayotgani,

  • tergov uchun zarur ommaviy ma’lumotlarni taqdim etmayotgani uchun ham tanqid qilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, DSA foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi amaliyotlardan himoya qilishni ko‘zlaydi, shuning uchun ham “X”ga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » “X” platformasiga rekord jarima: Yevropa 120 mln yevrolik sanksiya qo‘lladi