date

2026 yilgi Jahon chempionatida yangi tanaffus qoidasi joriy etildi

2026 yilgi Jahon chempionatida yangi tanaffus qoidasi joriy etildi

2026 yil tobora yaqinlashar ekan, futbol olamidagi eng yirik voqea — AQSH, Kanada va Meksika birgalikda qabul qiladigan mundial atrofida qizg‘in muhokamalar avjida. Bu safargi jahon chempionati bir nechta jihatdan tarixda ilk bor qulayliklar va o‘zgarishlar bilan o‘tkazilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Eng katta yangiliklardan biri — FIFA qaroriga ko‘ra, musobaqada ishtirok etuvchi termalar soni 32 tadan 48 taga oshiriladi. Bu mamlakatlarga o‘zini namoyon etish imkoni kengayadi degani. Qolaversa, uchta davlat — bir vaqtning o‘zida mezbonlik qilayotgani ham mundialni mutlaqo yangi formatga ko‘chiradi.

Shuningdek, FIFA joriy etgan yana bir muhim o‘zgarish futbolchilar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan. Bosh tashkilotchi rasman ma’lum qildi:

2026 yilgi mundialda har bir bo‘limda futbolchilar uchun uch daqiqalik gidratatsiya tanaffusi majburiy tarzda beriladi.

Bu qisqa tanaffus har bir taymning 22-daqiqasida amalga oshiriladi. Hakam hushtagi orqali o‘yin to‘xtatiladi va futbolchilar suv ichib, kuchini tiklab olishi mumkin bo‘ladi. Qoida barcha o‘yinlarda, havo haroratidan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Stadion tomi yopiq bo‘lsin, maydonda sovuq yoki issiq ob-havo bo‘lsin — baribir har bir bellashuvda gidratatsiya tanaffusi majburiy hisoblanadi.

Musobaqa bosh koordinatori Manolo Zubiriyaning ta’kidlashicha, bu qoidalar futbolchilarning jismoniy holatini barqaror saqlashga xizmat qiladi. 2025 yil yozida AQSHda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bu tizim o‘zini yaxshi namoyon qilgan va endi mundialda ham tatbiq etiladi.

2026 yilgi jahon chempionati 11-iyunda start oladi va 19-iyulda yakuniga yetadi. Qayd etish joizki, O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionati final bosqichiga yo‘llanma oldi va “K” guruhida qatnashadi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi terma jamoamiz dastlab Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi. Guruhdagi so‘nggi raqib esa Kongo Demokratik Respublikasi — Yamayka — Yangi Kaledoniya o‘rtasidagi pley-off natijasidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Mundialga tayyorgarlik qizg‘in kechar ekan, jamoalar yangi qoidalarga tez moslashishi zarur bo‘ladi. 2026 yilda futbol nafaqat yangi format, balki yangi yondashuv bilan ham yodda qoladiganga o‘xshaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2026 yilgi Jahon chempionatida yangi tanaffus qoidasi joriy etildi