date

X Yevrokomissiya akkauntini bloklab qo‘ydi — mojaro kuchaymoqda

X Yevrokomissiya akkauntini bloklab qo‘ydi — mojaro kuchaymoqda

X ijtimoiy tarmog'i va Yevropa Komissiyasi o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchaydi. Yevrokomissiya X platformasini Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuni (DSA) talablarini buzganlikda ayblab, 120 million yevro jarima solganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoq Komissiyaning reklamaga oid akkauntini bloklab qo‘ydi.

X kompaniyasi mahsulot rahbari Nikita Birning ma’lum qilishicha, Yevrokomissiya vakillari uzoq vaqt faol bo‘lmagan reklama akkauntiga qayta kirib, platforma qoidalariga zid tarzda foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi kontent joylashtirgan.

Birga ko‘ra, Komissiya X’ning Ad Composer vositasidagi zaiflikdan foydalanib, videoga taqlid qilingan havola joylashtirgan va uning ko‘lamini sun’iy oshirgan.

X platformasi bu holatni qoida buzilishi sifatida baholadi va akkauntni blokladi.

Yevrokomissiya esa o‘z navbatida X’ni “tasdiqlangan akkauntlar” uchun qo‘llanadigan ko‘k belgi orqali foydalanuvchilarni chalg‘itgani, shaffoflik talablariga amal qilmagani uchun jazolagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » X Yevrokomissiya akkauntini bloklab qo‘ydi — mojaro kuchaymoqda