Yoz faslida telefondan foydalanmasak ham o‘z-o‘zidan qizib ketish holatlari kuzatiladi. Doimiy issiqlik smartfonning ishdan chiqishiga yoki boshqa muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buning oldini olish uchun mutaxassislar quyidagi tavsiyalarga amal qilishni maslahat beradi.
Foto: Deposit photos
Telefon g‘ilofini olib tashlash
Ortiqcha plastik yoki silikon qatlami issiqlik chiqib ketishini qiyinlashtiradi, shuning uchun vaqtinchalik telefon aksessuaridan xalos bo‘lish va smartfondan bir oz ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim.
Ventilyator yordamida sovitish
Gadjetni quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushadigan joydan oling va uni tekis, salqin yuzaga, ventilyator yaqiniga qo‘ying. Ammo aslo telefonni muzlatgichga qo‘ymang: haroratning keskin o‘zgarishi texnika uchun zarardir.
Telefonni o‘chirish
Agar smartfon issiq havoda uzoq vaqt video suratga olish tufayli qizib ketsa, 5-10 daqiqaga butunlay o‘chirib qo‘yish suratga olishni to‘xtatishdan ko‘ra yaxshiroq foyda beradi. Smartfon yetarli darajada soviganidan keyin uni qayta yoqishingiz mumkin.
Energiyani tejash rejimidan foydalanish
Foto: Shutterstock
Ushbu rejimning ishlash tartibi telefon rusumiga bog‘liq. Odatda energiyani tejash rejimi ilovalarning fonda yuklanishini taqiqlaydi, animatsiya va displeyning yangilanish tezligini kamaytiradi. Bularning barchasi gadjet tezroq sovishiga yordam beradi.
Samolyot rejimidan foydalanish
Samolyot rejimi simsiz aloqalarning barini — mobil aloqa, Wi-Fi, GPS, Bluetooth'ni o‘chiradi, natijada, smartfon doimiy ravishda Wi-Fi ulanish nuqtasini izlashni to‘xtatadi. Agar samolyot rejimida Wi-Fi kerak bo‘lsa, uni qo‘lda yoqish mumkin.
Telefonning haddan ortiq qizib ketish sababini aniqlash
Agar smartfoningiz hech qanday sababsiz qizib ketaversa, sozlamalar orqali ko‘p energiya sarflaydigan dasturni topishga urinib ko‘ring. Odatda haddan tashqari issiqlik batareyaning ko‘p ishlashidan vujudga keladi. Shuning uchun telefon sozlamalari orqali “Batareya” bo‘limiga kiring va “Foydalanish vaqti”ni tekshirib ko‘ring. Agar energiya iste’moli bo‘yicha ro‘yxatning boshida siz deyarli foydalanmaydigan ilova turgan bo‘lsa, demak bu dastur telefon qizib ketishining asosiy sababchisidir.
Shubhali dasturni yuklab olish yoki unga fonda ishlash uchun ko‘p rejimlarga ruxsat berish smartfon qizib ketishiga olib keldi. Bunday dasturlarni o‘chirib tashlash yoki hech bo‘lmaganda geolokatsiya kabi xizmatlarga ulanishini cheklash foyda beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan tavsiyalar natija bermasa, muammo smartfonning apparat qismi bilan bog‘liq bo‘lib chiqadi. Zavod braki yoki tashqi ta’sir natijasida buzilish ham issiqlik almashinuvida muammolarga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi