Ronaldu: 'Men ko'p yigʻladim'

Qisqacha
Krishtianu Ronaldu Diogu Jotaning vafoti haqidagi xabarni eshitganida ishonmaganini va ko'p yig'laganini aytdi. U bu voqeani Portugaliya, marhumlarning oilalari, do'stlari va jamoadoshlari uchun juda og'ir fojia deb atadi. Iyul oyida Ronaldu Diogu Jotaning dafn marosimiga bormagani uchun tanqid qilingan edi. "Liverpul" Diogu Jotaning 20-raqamini abadiy saqlab qolishga qaror qildi.
Iyul oyining boshida avtohalokat natijasida Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva hayotdan ko'z yumdi. Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'z jamoadoshi Diogu Jotaning o'limi haqida qanday xabar topgani va bu voqeaga qanday munosabat bildirganini so'zlab berdi.
"Menga bu xabarni aytishganida ishonmadim. Men ko'p yigʻladim.
Bu mamlakat, oilalar, do'stlar va jamoadoshlar uchun juda, juda og'ir lahza edi. Bu haqiqiy fojia.
Juda, juda qayg'uli xabar edi", - dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda. Shuni ta'kidlash kerakki, iyul oyida Krishtianu Ronaldu tanqidlar ostida qoldi, chunki u Diogu Jotaning dafn marosimiga bormagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" jamoasi ushbu fojia ortidan Diogu Jotaning 20-raqamini abadiy saqlab qo‘yishga qaror qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"Menga bu xabarni aytishganida ishonmadim. Men ko'p yigʻladim.
Bu mamlakat, oilalar, do'stlar va jamoadoshlar uchun juda, juda og'ir lahza edi. Bu haqiqiy fojia.
Juda, juda qayg'uli xabar edi", - dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda. Shuni ta'kidlash kerakki, iyul oyida Krishtianu Ronaldu tanqidlar ostida qoldi, chunki u Diogu Jotaning dafn marosimiga bormagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" jamoasi ushbu fojia ortidan Diogu Jotaning 20-raqamini abadiy saqlab qo‘yishga qaror qildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…