
Manchester Siti hujumchisi Erling Holand nega kamdan-kam hollarda ofsiddan chiqib qolishi haqida gapirdi. "Bu men uchun birinchi mavsum emas, deyarli ofsiddan chiqib qolmayapman.
Bu odatim 13 yoshimdan boshlangan – o‘shanda men ofsiddan chiqmaslikka eʼtibor qarata boshlaganman. "Manchester Siti"ga kelganimdan beri ofsiddan 18 marta chiqib qolganman.
Uch yarim yil ichida 18 marta – bu menimcha, normal holat. Bu mening o‘yinimning bir qismi.
Men ofsiddan nafratlanaman. Hozir, VAR zamonida, agar siz ofsiddan chiqib qolsangiz, hech qanday imkoniyat qolmaydi.
Lekin VAR menga yordam beradi, chunki ofsiddagi vaziyatlar aniq belgilanadi. Men 13 yoshimdan beri bu borada ishlayapman," – dedi Holand jurnalistlarga.
Shu haftaning chorshanba kuni, 5-noyabrda, "Manchester Siti" Chempionlar ligasi doirasida "Borussiya"ni qabul qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing