date

O‘zbekistonda 10-Evropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi


10-Evropa kinofestivali Toshkentda 7-9-noyabr kunlari, Termizda esa 12-noyabr kuni o‘tkaziladi. An'anaga aylangan ushbu madaniy muloqot doirasida o‘zbekistonlik tomoshabinlarga Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan 12 ta film bepul namoyish etiladi.

Evropa Ittifoqi delegatsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, barcha filmlar asl tilda, o‘zbek va rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish qilinadi. Festival Yevropa davlatlarining elchixonalari va O‘zbekiston kinematografiya agentligi ko‘magida tashkil etilgan.

Dasturda lirik dramalardan tortib, ilhomlantiruvchi voqealargacha bo‘lgan turli janrdagi filmlar o‘rin olgan. Shuningdek, asosiy dasturdan tashqari, Fransuz alyansi va Gyote instituti ko‘magida “Avlodlar” mavzusida qisqa metrajli havaskor filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Madaniy dastur mashhur ispan raqs guruhi Aire Nuevo Danza chiqishlari bilan boyitiladi. O‘zbekistonda birinchi Evropa kinofestivali 2013-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, u o‘shandan buyon madaniy almashuv uchun muhim yillik maydonga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda 10-Evropa kinofestivali bo‘lib o‘tadi