
O‘zbekistonda yangi qarorga ko‘ra, turar joy majmualari, mahallalar va boshqa qurilish obyektlari faqat davlat tili – o‘zbek tilida nomlanishi belgilandi. Bu qaror qurilish sohasidagi nomlarning yagona va o‘zbek tilining qoidalariga mos bo‘lishini ta'minlash uchun qabul qilindi.
Shuningdek, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash maqsadida ham qoidalar ishlab chiqilgan. Endilikda yangi turar joy majmualari va mahallalar ro‘yxatdan o‘tkazilishida ularning nomlari o‘zbek tili qoidalariga mosligi tekshiriladi.
Bundan tashqari, hududlarning madaniy va tarixiy xususiyatlarini inobatga olgan holda foydalanish mumkin bo‘lgan so‘zlar va toponimlar ro‘yxati ham tayyorlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar