date

Fortnite o'yinida "Yuki qasosi" sahnasi jonlantirildi

Fortnite o'yinida "Yuki qasosi" sahnasi jonlantirildi
2025-yil 27-noyabr kuni "Fortnite" kompyuter o'yinida "Kill Bill" filmining avval chiqarilmagan "Yuki qasosi" sahnasi jonlantirildi. Loyihada mashhur rejissyor Kventin Tarantino ham ishtirok etdi.

Beatriks Kiddo roliga yana Uma Turman qaytdi. Aktrisa o'z ovozi va tashqi qiyofasini o'yin qahramoniga taqdim etdi.

Ushbu yangi asarning premyerasi 30-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi. "Mazkur materiallarni o'yin menyusining yuqori qatorida joylashgan "Qidiruv" bo'limidan topishingiz mumkin.

Premyera boshlanishidan 30 daqiqa oldin virtual kinoteatr eshiklari ochiladi", — deyiladi o'yinning rasmiy blogida. Bundan tashqari, o'yin dvigatelida suratga olingan ushbu asar AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada kinoteatrlarida "Kill Bill: Qonli ish butunicha" tadbiri doirasida namoyish etiladi.

"Kill Bill" filmining birinchi qismi 2003-yilda, ikkinchi qismi esa 2004-yilda katta ekranlarga chiqqan. Filmda sobiq yollanma qotil Beatriks Kiddoning qasos hikoyasi tasvirlangan.

Har bir film besh bobdan iborat bo'lib, umumiy daromadi 333 million dollardan oshgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Fortnite o'yinida "Yuki qasosi" sahnasi jonlantirildi