Apple 2025 yilda smartfon bozorining 20 foizini egalladi

Counterpoint ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda global smartfon bozori 2 foizga kengaydi. Yil yakunida Apple 20 foizlik ulush bilan yetakchiga aylandi — kompaniya bu natija bilan Samsung va Xiaomi’ni ortda qoldirdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Tahlilchilarga ko‘ra, brendning o‘sishiga Yaponiya, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida talabning yuqori bo‘lgani kuchli turtki berdi. Shu bilan birga, ekspertlar 2026 yilda bozor pasayishi mumkinligini ham qayd etmoqda.
Bunga sabab sifatida xotira chiplarining tanqisligi ko‘rsatilmoqda: ular ommaviy ravishda sun’iy intellekt infratuzilmasi ehtiyojlariga yo‘naltirilgani bois butlovchi qismlar narxi ko‘tarila boshlagan. Prognozlarga ko‘ra, ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat va qimmatroq segmentga yo‘naltirilgan strategiya tufayli Apple hamda Samsung inqirozni boshqa kompaniyalarga nisbatan yengilroq o‘tkazishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!