date

Endi ChatGPT ish topishda shaxsiy yordamchiga aylanadi

Endi ChatGPT ish topishda shaxsiy yordamchiga aylanadi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT platformasida ish topishga yordam beruvchi yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda. ChatGPT Jobs deb nomlangan ushbu yechim virtual karyera yordamchisi sifatida ishlab, foydalanuvchilarga ish qidirish jarayonini soddalashtirish, rezyumeni yaxshilash va kasbiy yo‘nalishni aniqlashda ko‘mak berishi kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi funksiya ChatGPT’ni kundalik ehtiyojlar uchun universal platformaga aylantirish yo‘lidagi navbatdagi qadam hisoblanadi. U tuzilishi jihatidan yaqinda ishga tushirilgan “Health” bo‘limiga o‘xshash bo‘lib, bu safar asosiy e’tibor karyera va professional rivojlanish masalalariga qaratilgan.

ChatGPT Jobs orqali foydalanuvchilar ChatGPT’dan shaxsiy karyera maslahatchisi sifatida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Platforma rezyume va kasbiy profilni takomillashtirish, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli karyera rejalarini tuzishda tavsiyalar beradi.

Funksiya uchta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi. Birinchisi — rezyume va kasbiy profil sifatini oshirish. Ikkinchisi — foydalanuvchiga mos ish o‘rinlarini aniqlash va boshqa nomzodlar orasida ajralib turish yo‘llarini ko‘rsatish. Uchinchi yo‘nalish esa shaxsiy maqsad va kutilyotgan natijalarni inobatga olgan holda karyera variantlarini izlash va taqqoslashga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Endi ChatGPT ish topishda shaxsiy yordamchiga aylanadi