date

Alphabet kapitallashuvi 4 trln dollardan oshdi

Alphabet kapitallashuvi 4 trln dollardan oshdi

Alphabet 12-yanvar kuni bozor savdolarida rekord bahoga chiqdi. Reuters xabariga ko‘ra, xolding aksiyalari 334,04 dollargacha ko‘tarilib, kompaniyaning bozor kapitallashuvi 4 trln dollarga yetdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Investorlar qiziqishini kuchaytirgan asosiy omil — Gemini neyrotarmog‘i Apple’ning Siri ovozli yordamchisining yangi talqini uchun asosiy texnologiyaga aylanishi haqidagi xabar bo‘ldi. Bundan tashqari, Alphabet bulutli yo‘nalish daromadlari 34% ga oshganini ma’lum qildi hamda o‘zining sun’iy intellekt chiplarining yangi avlodini taqdim etdi.

Bozor Alphabet’ning SI yo‘nalishidagi yutuqlarini ijobiy baholamoqda: 2025 yil davomida xolding aksiyalari 65% ga qimmatlashdi. Bu Alphabet’ga bir muddat Apple’ni ortda qoldirib, dunyoning eng qimmat korporatsiyalari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa chiqish imkonini berdi.

Investorlar ishonchini sud qarori ham mustahkamladi: sud Google biznesini majburan bo‘lib tashlash g‘oyasidan voz kechdi. Natijada Alphabet Chrome brauzeri va Android tizimi kabi asosiy aktivlar ustidan nazoratni saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Alphabet kapitallashuvi 4 trln dollardan oshdi