Galaxy S26 Ultra iPhonega teng kamera rejimi tayyorlayapti

Galaxy S26 Ultra iPhonega teng kamera rejimi tayyorlayapti
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Samsung Galaxy S26 Ultra uchun 24 megapikselli kamera rejimini sinab ko'rmoqchi, biroq uning avtomatik ravishda yoqilishi hozircha tasdiqlanmagan.
  • Bu format 12 MP rejimining yorug'likka chidamliligi va 50/200 MP rejimlarining detallarini uyg'unlashtirib, tabiiyroq hamda tiniqroq suratlar berishi mumkin.

Samsungning navbatdagi flagmani — Galaxy S26 Ultra bo‘yicha insayderlardan chiqqan gap-so‘zlarga qaraganda, kompaniya kamerada yangi 24 megapikselli rejimni “qo‘llab ko‘rmoqchi”. Bu format 12 MPning yorug‘likka chidamliligi bilan 50/200 MP'ning detalini o‘rtasidagi “oltin o‘rta” bo‘lib, kadrlarni tabiiyroq, tiniqroq va muvozanatliroq chiqarishi mumkin. Shu yo‘lni Apple ham iPhone'larda standart tasvir sifatida faol ishlatgani aytiladi

Lekin muhim jihat bor: ayrim manbalarga ko‘ra, 24 MP rejimi kamera ilovasida to‘g‘ridan to‘g‘ri “oddiy” tugma sifatida chiqsa ham, u avtomatik ravishda yoqilgan (default) bo‘lmasligi mumkin. Ya’ni uni qo‘lga kiritish uchun Samsung‘ning Camera Assistant (Good Lock orqali) kabi qo‘shimcha sozlamalari kerak bo‘lishi mumkin. Demak, “hech narsa qilmasdan turib ham 24 MP ishlaydi” degan gaplar hozircha 100% tasdiqlangan emas.

Texnik tarafdan esa katta o‘zgarish kutilyapti deb bo‘lmaydi: S26 Ultra hali ham 200 MP asosiy sensor, 50 MP ultra-keng va kuchli zum modullarini saqlab qolishi haqida yozilmoqda. Ammo “temir”dan ham ko‘ra, shu temirni ishlatadigan ishlov (ISP/algoritm) hal qiladi: 24 MP rejim aynan shu kuchli sensorlarni hayotda samaraliroq “ochib berish” uchun qilingan qadam bo‘lishi mumkin — kamroq shovqin, aniqroq rang, kechki suratda yaxshiroq nazorat.

Qisqasi, Samsung haqiqatan ham 24 MP'ni ommaviy rejim sifatida yaxshilab chiqsa, mobil foto frontida iPhone'ga “chin raqib” chiqishi mumkin. Ammo hozircha bu — insayder ma’lumotlari: rasmiy taqdimotda (2026 yil boshi atrofida bo‘lishi kutilmoqda) hammasi oydinlashadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar