date

O‘zbekistonda Bayraktar bilan jihozlangan bo‘linma ish boshladi

O‘zbekistonda Bayraktar bilan jihozlangan bo‘linma ish boshladi

O‘zbekistonda Bayraktar dronlari bilan butlangan yangi maxsus bo‘linmaning jangovar navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda DXX raisi Bahodir Qurbonov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining 13 yanvardagi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Qurbonovga ko‘ra, davlat chegarasini qo‘riqlash tizimiga raqamli vositalar joriy etilishi doirasida chegaralarning 42 foizi videokuzatuv bilan qamrab olingan, shuningdek 1117 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan.

Shuningdek, Chegara qo‘shinlarining ta’minoti ham keltirildi: 98% avtozirhli texnika, 88% suzish vositalari, 100% qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, 78% elektron-optik vositalar. Bo‘linmalar zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari bilan ham ta’minlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda Bayraktar bilan jihozlangan bo‘linma ish boshladi