Analitiklarga ko'ra, DDR6 xotirasi 2028-yilda bozorga chiqadi

DDR6 xotirasi DDR5 o'rnini egallashi kutilmoqda. The Elec nashri xabariga ko'ra, yangi avlod xotiralari bozorga 2028 yoki 2029-yilda chiqadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Bu davrga kelib xotira narxlari sezilarli darajada pasayishi prognoz qilinmoqda.
Asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan "Samsung", "Hynix" va "Micron" kompaniyalari DDR6 modullari uchun yechimlar ishlab chiqishni tezlashtirishni so'ragan. Hozirgi vaqtda kompaniyalar dastlabki prototiplarni ishlab chiqarmoqda va sinovdan o'tkazmoqda.
JEDEC tomonidan standart hali tasdiqlanmagan bo'lsa-da, bu ishlab chiqarish jarayoniga to'sqinlik qilmaydi. Sun'iy intellekt sohasidagi katta talab tufayli DDR6 birinchi navbatda serverlar segmentida paydo bo'lishi ehtimoli yuqori.
Yangi xotira o'tkazuvchanlik qobiliyatini ikki baravar oshiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!