Mask sudda Grok xAI neyrotarmog'i uchun OpenAI texnologiyalaridan foydalanganini tan oldi

1 daqiqa o'qish304
Mask sudda Grok xAI neyrotarmog'i uchun OpenAI texnologiyalaridan foydalanganini tan oldi

Ilon Mask Kaliforniya federal sudida xAI kompaniyasi raqobatchilarning modellarini distillyatsiya qilish usulidan qisman foydalanganini tan oldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu holat Maskning OpenAI kompaniyasi, uning bosh direktori Sem Altman va Greg Brokmanga qarshi da'vosi bo'yicha sud jarayonida tasdiqlandi. Maskning ta'kidlashicha, mavjud ilg'or sun'iy intellektlarga tizimli so'rovlar yuborish orqali yangi modellarni o'qitish sanoatda umumqabul qilingan amaliyot hisoblanadi.

Hozirda OpenAI, Anthropic va Google kabi yirik kompaniyalar uchinchi tomonlar tomonidan ularning modellaridan shu maqsadda foydalanishiga qarshi faol kurashmoqda. Asosiy xavf shundaki, boshqa dasturchilar kamroq xarajat evaziga bozor yetakchilariga tenglashadigan neyrotarmoqlarni yaratishi mumkin.

Sud majlisida Mask sun'iy intellekt sohasidagi yetakchilar reytingini ham e'lon qildi. U birinchi o'rinni Anthropic kompaniyasiga berdi, undan keyin OpenAI, Google va Xitoyning ochiq kodli loyihalari joy oldi.

O'zining 2023-yilda asos solingan xAI kompaniyasini esa u kichikroq ishtirokchi sifatida baholadi.

OpenAI vakillari Maskning iqrori yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermadi. Yetakchi laboratoriyalar esa o'z tizimlaridan nusxa ko'chirishga qaratilgan shubhali ommaviy so'rovlarni cheklash mexanizmlarini ishlab chiqishni boshladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?