SpaceX Starship yangi avlodi navbatdagi sinovga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Starbase kosmodromida Starship tizimining navbatdagi sinovlari oldidan qizg‘in ishlar davom etmoqda. Kecha o‘tkazilishi rejalashtirilgan WDR (wet dress rehearsal) sinovi texnik nosozliklar tufayli to‘xtatilgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kuzatuvchilarning xabar berishicha, Pad 2 maydonchasidagi Mechazilla minorasidan ventilyatsiya moduli demontaj qilindi. Aynan shu qism sinov jarayonida yuzaga kelgan muammolarning asosiy sababchisi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Muhandislar qisqa vaqt ichida eski modulni yangisiga almashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. SpaceX mutaxassislari Starship V3 tizimining ilk parvozini amalga oshirish uchun barcha texnik sozlamalarni yakunlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Starship V3 tizimi Ship 39 va Booster 19 modullaridan iborat bo‘lib, kompaniya ushbu yangi avlod tizimini to‘liq yig‘ib bo‘lgan. Shuningdek, Super Heavy raketasining 33 ta dvigateli muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!