date

Redmi K100 flagman smartfoni: Snapdragon 8 Elite, 8500 mA·soat batareya va simsiz quvvatlash

Redmi K100 flagman smartfoni: Snapdragon 8 Elite, 8500 mA·soat batareya va simsiz quvvatlash

Redmi K100 turkumidagi yangi smartfonlar taqdimoti oktyabr oyiga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, bazaviy model haqidagi ilk ma’lumotlar allaqachon tarqaldi. Taniqli insayder Digital Chat Station xabariga ko‘ra, yangi qurilma avvalgi avlodga nisbatan sezilarli darajada yangilanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfon 6,6 dyuymli displey hamda 8500 mA·soat sig‘imga ega akkumulyator bilan jihozlanishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, oldingi modelda bu ko‘rsatkich 7100 mA·soatni tashkil etgan edi. Simli quvvatlash tezligi 100 Vt darajasida qolishi, shuningdek, turkumda ilk bor 50 Vt quvvatga ega simsiz quvvatlash texnologiyasi joriy etilishi mumkin.

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi muhokamalarda foydalanuvchilar gap aynan Redmi K100 haqida ketayotganini taxmin qilishmoqda va insayder bu ma’lumotni inkor etmadi. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori negizida ishlashi kutilmoqda.

Texnik yangilanishlar bilan bir qatorda smartfon narxi ham oshishi kutilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, qurilma 4000 yuan (taxminan 585 dollar) atrofida sotuvga chiqadi, bu esa Redmi K90 boshlang‘ich narxidan ancha yuqoridir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Redmi K100 flagman smartfoni: Snapdragon 8 Elite, 8500 mA·soat batareya va simsiz quvvatlash