date

Apple sudga bergan insayder iPhone 18 Pro dizaynini oshkor qildi

Apple sudga bergan insayder iPhone 18 Pro dizaynini oshkor qildi

iOS 26 dizaynini sizdirib yuborgani uchun Apple tomonidan sudga tortilgan insayder Jon Prosser o‘zining yangi videosida iPhone 18 Pro smartfonini barcha tomonlama namoyish etdi. Videoda ta’kidlanishicha, qurilma iPhone 17 Pro modeliga qaraganda chorak barobar kichikroq Dynamic Island kesigiga ega bo‘ladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi modelning asosiy kamerasida o‘zgaruvchan diafragma texnologiyasi qo‘llaniladi, bu esa turli yorug‘lik sharoitlarida suratga olish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, Prosser smartfonning yangi to‘q olcha rangini ko‘rsatib, Camera Control tugmasi soddalashtirilishini, ya’ni sig‘imli qatlam olib tashlanib, faqat bosimga sezgir mexanizm qolishini ma’lum qildi.

iPhone 18 Pro Max modeli taxminan 5200 mA/soat sig‘imli kattaroq akkumulyator bilan jihozlanishi kutilmoqda. Har ikkala smartfon yangi C2 modemi va sun’iy yo‘ldosh orqali 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi. Apple korpus dizaynida keskin o‘zgarishlar qilmasdan, alyuminiy korpusdan foydalanishda davom etishi kutilmoqda.

Jon Prosser avvalroq Google Pixel qurilmalari hamda iPhone SE 2020 va MacBook Pro 13 taqdimot sanalarini birinchi bo‘lib xabar qilgan nufuzli insayderlardan biri hisoblanadi. Hozirda u Apple tomonidan iOS 26 dizayni sizdirilgani yuzasidan sud jarayonlariga jalb qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Apple sudga bergan insayder iPhone 18 Pro dizaynini oshkor qildi