RedMagic 11S Pro flagmanining texnik xususiyatlari oshkor etildi

1 daqiqa o'qish213
RedMagic 11S Pro flagmanining texnik xususiyatlari oshkor etildi

RedMagic kompaniyasi 18-may kuni taqdim etiladigan yangi 11S Pro oʻyin smartfonining asosiy texnik xususiyatlarini rasman maʼlum qildi. Qurilma kumush va qora ranglarda taqdim etilib, tashqi koʻrinishi jihatidan avvalgi RedMagic 11 Pro modelini eslatadi. Smartfon korpusida suyuq sovutish tizimi uchun maxsus AquaCore tirqishi va oʻrnatilgan ventilyator mavjud. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Smartfonning asosiy jihati sifatida Snapdragon 8 Elite Gen 5 Leading Version protsessori tanlangan. Bu oddiy Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipining tezlashtirilgan versiyasi boʻlib, uning superyadrosi 4,74 GGs chastotada ishlaydi. Ushbu protsessor Samsung Galaxy S26 Ultra, Galaxy S26 va Galaxy S26 Plus modellarida qoʻllaniladigan Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy chipi bilan bir xil darajadagi unumdorlikni taʼminlaydi.

Qurilma 6,85 dyuymli AMOLED ekran bilan jihozlangan boʻlib, u Full HD+ tasvir aniqligi va 144 GGs yangilanish tezligini qoʻllab-quvvatlaydi. Ekranda hech qanday kesiklar yoʻq, chunki old kamera displey ostiga yashiringan. Smartfonning avtonom ishlashini taʼminlash uchun 7500 mАch sigʻimli akkumulyator va 80 Vt quvvatda tezkor quvvatlash texnologiyasi oʻrnatilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?