date

Intel Core i9-14900KF protsessori 9,2 GGs tezlikka erishib, rekord o‘rnatdi

Intel Core i9-14900KF protsessori 9,2 GGs tezlikka erishib, rekord o‘rnatdi

Intel Core i9-14900KF protsessori dunyo rekordini yangiladi: ilk bor iste’mol bozoriga mo‘ljallangan protsessor 9,2 GGs tezlik chegarasini bosib o‘tdi. Xitoylik overkloker wytiwx suyuq azot yordamida ushbu chipni 9206,34 MGgs chastotagacha tezlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tajriba davomida ASUS ROG Maximus Z790 APEX anakartidan va 16 GB DDR5-5792 xotirasidan foydalanildi. Rekord natijaga erishish uchun protsessorning 7 ta yadrosi va 7 ta potogi faollashtirilib, kuchlanish 1,348 V darajasida ushlab turildi.

Aslida Raptor Lake Refresh turkumiga mansub bo‘lgan Intel Core i9-14900KF 24 ta yadro va 32 ta potoqqa ega. U 36 MB uchinchi darajali kesh va 125 W TDP ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, zavod sozlamalari bilan 6,0 GGs tezlikda ishlay oladigan eng kuchli protsessorlardan biri hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda HWBOT bazasida 9 GGs chegarasidan o‘tgan faqat ikkita natija mavjud: yangi rekord va avvalroq Core i9-14900KS yordamida qayd etilgan 9,117 GGs natija. AMD protsessorlari uchun eng yuqori ko‘rsatkich esa FX-8370 modeli bilan 8,722 GGs darajasida qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Intel Core i9-14900KF protsessori 9,2 GGs tezlikka erishib, rekord o‘rnatdi