Yangi kompyuter virusi Fireball foydalanuvchilarning brauzerini boshqarib, ulardagi bosh sahifalarni va qidiruv tizimlarini soxta josus qidiruv tizimlari bilan almashtirishga qodir. Shundan keyin foydalanuvchining trafigi kuzatila va xakerlarga foydalanuvchi haqidagi shaxsiy ma’lumotlar uzatila boshlanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar xitoylik dasturchilar ushbu virusni internet-reklamadan olinadigan daromadni oshirish uchun yaratishganini aytishmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi virus butun dunyo bo‘ylab kamida 250 mln kompyuterni zararlagan.
Eng ko‘p miqdorda kompyuterlar Hindistonda zararlangan – 25,3 mln ta. Bu esa mamlakatdagi barcha kompyuterlarning 10 foizini tashkil qiladi.
Hindistondan keyin virusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar ketma-ketligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Braziliya - 24,1 mln kompyuter (mamlakatdagi kompyuterlarning 9,6 foizi), Meksika - 16,1 mln kompyuter (6,4 foiz), Indoneziya – 13,1 mln kompyuter (5,2 foiz), AQSh - 5,5 mln kompyuter (2,2 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi