Zamonaviy mobil telefonlar bizga bir vaqtning o‘zida xohlagan joyda kitob o‘qish, qayd qilish, rasmga tushirish, video ko‘rish, shuningdek o‘ynash yoki internet-sahifalarni ko‘rib chiqishga imkon beruvchi bir necha moslamalarning o‘rnini bosadi. Va uyga qaytguncha quvvati tamom bo‘lsa, bu juda achinarli holat.
Agar o‘z smartfoningizning akkumulyatorli batareyasini to‘g‘ri ishlatishni bilsangiz, bunday muammoni bartaraf qilishingiz mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, biz o‘zimiz quyidagi harakatlarimiz bilan quvvatini juda tez sarflashga uni majbur qilar ekanmiz:
1. Quvvatini to‘liq yo‘qotishiga yo‘l qo‘yamiz
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odat batareyaning sig‘imini pasaytiradi, shuning uchun zaryad miqdorining eng pastgacha tushishini kutib o‘tirmasdan iloji boricha uni zaryadlashga qo‘yish kerak. Faqat har 2 oyda bir marta zaryadining to‘liq tugashiga imkon berish etarli bo‘ladi.
2. Smartfonni oxirigacha zaryadlaymiz
Albatta 100% zaryadlanishini kutib o‘tirish ham yaramaydi. Eng yaxshisi – uni doimo taxminan 30 dan 80% gacha oraliqda ushlab turish.
3. Akkumlyatorning qizib ketishiga yo‘l qo‘yamiz
Smartfon batareyasining ishlashi uchun optimal harorat: 1 dan + 35 darajagacha. Bu parametrlarning oshib ketishi tez eskirishga olib keladi.
4. Smartfonning g‘ilofini echmasdan uni zaryadlashga qo‘yamiz.
Bunday odat juda ko‘p hollarda batareyaning qizib ketishiga olib keladi.
5. Simsiz zaryadlagichdan foydalanamiz
Yangi modadagi zaryadlovchi moslama akkumulyatorli batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.
6. Mos kelmaydigan simdan foydalanamiz
Agar kabel o‘ziniki bo‘lmasa, bu batareyaga og‘irlik yuklashi yoki uning to‘liq zaryad olishiga yo‘l bermasligi mumkin. Yaxshisi o‘zining zaryadlagichini ishlatganingiz ma’qul.
Manba: «Daryo.uz» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi