date

Bryusselda jurnalist Xitoy foydasiga josuslikda gumon qilinmoqda

Bryusselda jurnalist Xitoy foydasiga josuslikda gumon qilinmoqda

Yevropa maxsus xizmatlari Politico nashrining Bryusseldagi sobiq muxbiriga nisbatan Xitoy foydasiga josuslikda gumonlanib tergov olib bormoqda.

Report Yevropa byurosi G‘arb OAVga tayanib xabar berishicha, tergov hozircha dastlabki bosqichda, shu sababli ish bo‘yicha ma’lumotlar juda oz.

Jurnalistning ishdan ketishi uni josuslikda gumonlanib surishtiruv boshlangani bilan bog‘liqmi-yo‘qmi — hozircha aniq emas.

Bryusseldagi Euractiv nashri ma’lum qilishicha, ular izoh berishdan bosh tortgan jurnalistning shaxsini bilishadi. Biroq Politico ham bu holat bo‘yicha hozircha izoh bermagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kontrrazvedka xodimlari reportyorni xalqaro tashkilotlar va turli doiralarga kirish imkoniyatlaridan foydalanib, odam yollash uchun potensial nishonlarni aniqlagan, deb gumon qilmoqda. Shuningdek, u ayrim muassasa xodimlari bilan shaxsiy munosabat o‘rnatishga, jumladan, jinsiy aloqa orqali ma’lumot olishga urinib ko‘rgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bryusselda jurnalist Xitoy foydasiga josuslikda gumon qilinmoqda