date

Tailandda motam: xalq sevgan malika vafot etdi

Tailandda motam: xalq sevgan malika vafot etdi

Tailand qirolicha onasi Sirikit uzoqqa cho‘zilgan kasallikdan so‘ng 93 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda qirollik sudi ma’lum qildi, deb xabar berdi Bangkok Post.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sirikit 24 oktyabr kuni qon infeksiyasi sababli Bangkokdagi shifoxonada vafot etgan. Oxirgi yillarda u sog‘ligi tufayli jamoat oldida kam ko‘rinib kelardi, deb yozadi CNN.

Mamlakatda bir yillik motam va eng yuqori darajadagi qirollik dafn marosimi e’lon qilindi.

Sirikit Tailand xalqining muhabbatini qozongan eng ardoqli malikalardan biri bo‘lgan. Uning suratlari butun mamlakat bo‘ylab uylar va idoralarda iliq xotira sifatida saqlanadi. Shuningdek, qirolichaning tug‘ilgan kuni mamlakatda Ona kuni sifatida nishonlanardi.

U umrini qishloq aholisining turmushini yaxshilash, milliy an’analarni asrash va tabiatni muhofaza qilish ishlariga bag‘ishladi. Sirikit Osiyo nafisligi va latofatining timsoli sifatida tan olingan — Vanity Fair uni “Osiyolik Jeki Kennedi”, Paris Match esa “barcha davrlarning eng go‘zal malikasi” deb atagan.

Bangkoklik aristokratlar oilasidan chiqqan Sirikit 1950 yilda qirol Pxumibol Adulyadetga turmushga chiqqan. Ular uch qiz va bir o‘g‘il tarbiyalab o‘stirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda motam: xalq sevgan malika vafot etdi