Alibaba asoschisi va xitoylik milliarder Jek Maning fikricha, texnologiyalar insonlarga xos bo‘lgan ba’zi jihatlar sababli ulardan o‘tib keta olmaydi. Aynan shu jihatlar muvaffaqiyat siri hisoblanadi.
Ma jiddiy qiyinchilarga qaramay, muvaffaqiyatga erisha olgan. U nochor oilada ulg‘aygan, ikki marta kollejga kirish imtihonlaridan o‘ta olmagan va ko‘plab ish beruvchilardan rad javobi olgan. Biroq hozirda uning boyligi 29 mlrd dollarga baholanmoqda.
Muvaffaqiyat siri – muhabbat koeffitsiyentini oshirish
Ma Nyu-Yorkda Bloomberg Global Business Forum anjumanidagi nutqida o‘z muvaffaqiyati siri bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, IQ (aqllilik koeffitsiyenti) va EQ (his-tuyg‘uli ong) muhimligiga qaramasdan, maqsadlarga erishishda boshqa bir koeffitsiyent ham katta ahamiyatga ega. Bu LQ’dir. "Agar sizni hurmat qilishlarini istasangiz, o‘z LQ’ingizni oshiring", deb aytmoqda Ma.
"LQ – bu muhabbat koeffitsiyenti. Bu jihat, aniq, mashinalarda hech qachon bo‘lmaydi", deb aytmoqda milliarder. Yuqori texnologiyalar olamida kompyuter yuqori IQ’ga odamdan hamisha tezroq va aniqroq bo‘laveradi. Boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunish qobiliyati muvaffaqiyatga erishish uchun yetarli emas.
"Muhabbat odamlarni mashinalardan farqlovchi jihatdir. Mashinada na yurak, na qalb va na o‘z qarashlari mavjud. Insonda esa qalb, o‘z fikri va qadriyatlari bor. Biz qayg‘urish, kerakli so‘zlarni topish va vaziyatga qarab munosabat bildirishni bilamiz. Biz ijodiy fikrlaymiz, shu sababli biz mashinalarni nazorat qila olamiz", deb aytmoqda Ma.
Texnologiyadan qo‘rqishga sabab yo‘q
"Odamlar o‘z kuchlariga ishonishlari lozim. Odamlar zavokatga egalar. Mashinalar esa yo‘q", deb ta’kidlamoqda tadbirkor.
Uning fikricha, muammo shundaki, biz ulg‘ayib kelayotgan yoshlarni buning iloji bo‘lmagan jabhalarda texnologiyadan o‘zib ketishga majbur qilamiz. Buning o‘rniga bolalarda LQ’ni rivojlantirish zarur. "Biz farzandlarimizni juda kreativ qilib ulg‘aytirishimiz, ularni innovatsion g‘oyalar yaratishga o‘rgatishimiz lozim. Biz shu tariqa ularni kelajakda ish bilan ta’minlaymiz", deb aytmoqda Jek.
Uning ishonishicha, agar biz kelajak avlodni puxta tayyorlasak, sun’iy ongdan qo‘rqishga sabab yo‘q. Tadbirkor tayyorlash deganda insoniy fazilatlar, aqliy qobiliyatlar va kompyuter bilan bog‘liq malakalarni rivojlantirishni nazarda tutmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi