date

Nega xitoylik millionerlar endi Singapur emas, BAAni tanlamoqda?

Nega xitoylik millionerlar endi Singapur emas, BAAni tanlamoqda?

Oxirgi ikki yil ichida Xitoyning boy fuqarolari orasida yangi tendensiya yuzaga keldi — ular Singapurdan voz kechib, o‘z mablag‘lari va biznesini Birlashgan Arab Amirliklariga ko‘chirmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Nashr yozganidek, ilgari Osiyo sarmoyadorlari uchun Singapur eng ommabop yo‘nalish bo‘lgan. Ammo so‘nggi paytlarda Dubay va Abu-Dabi yangi “iqtisodiy panohgoh”ga aylangan. Bugun xitoylik biznesmenlar nafaqat bu yerda yashashni, balki doimiy fuqarolikka ega bo‘lishni ham maqsad qilishmoqda.

BAA hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida xorijliklarga 80 mingga yaqin “oltin viza” berilgan. Bu viza fuqarolarga uzoq muddatli yashash va ishlash imkonini yaratadi.

M/HQ kompaniyasi boshqaruvchisi Yan Mrazekning aytishicha, “ko‘plab oilalar BAAda yangi sarmoya loyihalarini yo‘lga qo‘yish uchun Singapurdagi mulklarini sotishdi”. Uning ta’kidlashicha, pandemiya paytida Xitoy va Singapurdagi qattiq karantin cheklovlari ko‘plab sarmoyadorlarni BAA sari yo‘naltirgan.

Ekspertlar fikricha, BAAni tanlayotgan xitoyliklar nafaqat soliq imtiyozlari, balki xavfsiz muhit, sifatli infratuzilma va global biznes aloqalari sabab bu qarorni qabul qilmoqda. Shu tariqa, Dubay va Abu-Dabi oxirgi paytlarda Osiyo boylari uchun yangi “iqtisodiy boshpana”ga aylandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nega xitoylik millionerlar endi Singapur emas, BAAni tanlamoqda?