date

Lautaro Milan derbisi haqida fikr bildirdi


Milanning "Inter" jamoasi Rimning "Latsio" klubini magʻlubiyatga uchratib, Italiya chempionati turnir jadvalida yana birinchi oʻrinni egalladi. Navbatdagi turda esa ular oʻzlarining azaliy raqibi – "Milan"ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu oʻyinga tayyorgarlik haqida "Inter" sardori, argentinalik hujumchi Lautaro Martines oʻz fikrlarini bildirdi. "Muhim oʻyin oldidan dam olishni xohlagan boʻlardim, lekin terma jamoaga chaqiruv olganimda bu majburiyatni bajarishim kerak.

Keyinroq dam olib, kuchimni tiklashga harakat qilaman, chunki "Milan"ga qarshi oʻyin har doim alohida voqea hisoblanadi", – dedi Lautaro Martines pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. "Inter" soʻnggi marta Italiya chempioni unvonini 2024-yilda qoʻlga kiritgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Lautaro Milan derbisi haqida fikr bildirdi