date

O‘zbekiston suzuvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi


10-noyabr, 2025-yil. Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan VI Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekistonning suzish bo‘yicha terma jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi.

Vakillarimiz 4×100 metr aralash estafeta musobaqasida uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Jamoa tarkibida Parizod Abdukarimova, Muhammadismoil Rahmonov, Eldor Usmonov va Osiyoxon Rejepova ishtirok etishdi.

Ularning barchasi yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etib, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Indoneziya sportchilari bilan qizg‘in raqobatda o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Bizning suzuvchilar butun masofa davomida yetakchilar guruhida bo‘lishdi.

Ayniqsa, musobaqaning yakuniy bosqichidagi chiqishlar tufayli O‘zbekiston jamoasi uchinchi bo‘lib marraga yetib keldi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston suzuvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi