
Manchester Siti hujumchisi Jeremi Doku Angliya Premyer-ligasining 11-turida Liverpul ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi. "Katta oʻyinlarda barcha eʼtibor senga qaratiladi, shuning uchun bunday bahslar alohida ahamiyatga ega.
Men oʻz oʻyinimdan ham, jamoamizning chiqishidan ham juda mamnunman. Bu bizga qoʻshimcha ishonch beradi", - dedi futbolchi uchrashuvdan keyin.
Hozirda Manchester Siti 22 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. APL yetakchisi esa Londonning Arsenal jamoasi boʻlib, ularning hisobida toʻrt ochkoga koʻproq bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar