date

Qozog‘iston o‘qituvchilari ChatGPT’dan bepul foydalana oladi

Qozog‘iston o‘qituvchilari ChatGPT’dan bepul foydalana oladi

Qozog‘iston Respublikasi Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi mamlakat ta’lim tizimiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish yo‘lida muhim qadam qo‘ydi. Hukumat OpenAI kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tasdiqlandi.

Memorandumga ko‘ra, Qozog‘istonlik o‘qituvchilarga uch yil davomida har yili kamida 165 mingta ChatGPT Edu litsenziyasi bepul taqdim etiladi. Bu versiya aynan ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sun’iy intellekt yordamida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishni maqsad qiladi.

Tashabbus ta’limda innovatsion yondashuvlarni kengaytirish, o‘qituvchilarning ma’muriy yukini kamaytirish va ularning vaqtini tejashga qaratilgan.

OpenAI’ning ta’lim va hukumat dasturlari bo‘yicha rahbari Kevin Mills bu borada shunday dedi:
“Dunyo bo‘ylab o‘qituvchilar sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning o‘qish va rivojlanishiga ko‘proq e’tibor bera olishmoqda. Qozog‘iston hukumati bilan imzolangan kelishuv o‘qituvchilarga ChatGPT’dan samarali foydalanish va uni ta’lim tizimiga keng joriy etish imkonini beradi.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qozog‘iston o‘qituvchilari ChatGPT’dan bepul foydalana oladi