date

Daniya 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlaydi

Daniya 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlaydi

Daniya hukumati 15 yoshdan kichik bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash bo‘yicha yangi qonun loyihasini taqdim etdi. Yangi tashabbusning asosiy maqsadi — bolalarni zararli kontent va onlayn savdolar ta’siridan himoya qilishdir.

Hukumatning ma’lum qilishicha, onlayn platformalar mazkur tashabbusni amalga oshirishda davlat bilan hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi. Agar kompaniyalar bu talabni rad etsa, ularga jahon bo‘yicha olinadigan umumiy daromadining 6 foizigacha jarima qo‘llanishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko‘ra, Daniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarning qariyb 94 foizi, hatto 10 yoshdan kichiklarning yarmi ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy akkauntlarga ega ekani ma’lum bo‘lgan.

Hukumat fikricha, mazkur choralar yosh avlodni raqamli dunyodagi xavflardan asrash va ularning psixologik salomatligini saqlashga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Daniya 15 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlaydi