date

O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoydan import qilindi

O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoydan import qilindi
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida 16 ta xorijiy davlatdan jami 40 345 dona elektromobil import qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu import hajmining umumiy qiymati 473 million AQSH dollarini tashkil etgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan mamlakatga olib kirilgan elektromobillar soni 24 140 donaga yoki qariyb 2,5 barobar oshgan. Bu esa so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekologik toza transport vositalariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Eng ko‘p elektromobil yetkazib bergan davlatlar orasida Xitoy mutlaq yetakchilik qilmoqda — 2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 39 798 dona elektromobil aynan ushbu mamlakatdan olib kirilgan. Shuningdek, Gonkong (249 dona), Koreya Respublikasi (165 dona), Germaniya (43 dona) va AQSH (25 dona) ham elektromobil eksport qilgan.

Mutaxassislarning fikricha, Xitoy elektromobillarining ustunligi ularning nisbatan arzon narxi va texnologik yangilanishlari bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda bu segmentdagi import hajmi ortishi mamlakatda “yashil” transport infratuzilmasining kengayishiga ham turtki bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil Xitoydan import qilindi