Har bir ijodkor shaxsning original g‘oyalarni generatsiya qiluvchi shaxsiy usuli mavjud. Biroq Harvard universiteti tadqiqotchilari, aftidan, ularning bari uchun umumiy mezonni aniqlab, ijodkorlik haqida hukm chiqarish imkonini beruvchi neyron faollikdagi shablonni topishga muvaffaq bo‘lishgan ko‘rinadi. Kun.uz shu haqida xabar berdi.
Ijodiy fikrlash nafaqat san’atda, balki ilm-fan va texnologiyalar rivojida ham muhim rol o‘ynaydi. Biroq uning asosidagi neyrobiologik mexanizmlar hanuz yaxshi o‘rganilmagan. Harvard olimlari miyaning original g‘oyalar generatsiyasi vaqtidagi faolligini tahlil qilish uchun Avstriya va Xitoyda faoliyat yurituvchi hamkasblari bilan birlashishdi. Tajriba davomida miya faolligini skanerlash bilan bog‘liq tajribada qatnashgan kishilarga 12 soniya ichida ekranda paydo bo‘luvchi ob’ektlarning original qo‘llanmalarini o‘ylab topish taklif qilingan.
Ishtirokchilarning javoblari ijodiy fikrlash yo‘lidagi to‘siqlardan biri miyada nooriginal g‘oyalar paydo bo‘lishdagi yengillik hisoblanishini namoyish qildi. U neybrobiologik asosga ega: tadqiqot eng ijodkor va ijodkorlikdan yiroq kishilar miya faolligidagi tafovutlarni aniqladi. Eng original javoblar mualliflarida uch neyron tarmog‘i o‘rtasida aloqa borligi aniqlangan: passiv rejim tarmog‘i (u miyaning kutilmagandagi faoliyati bilan bog‘liq), diqqatning ijro nazorati tarmog‘i (muayyan masalaga diqqatni jamlaganda faollashadi) va mohiyat tarmog‘i (nima diqqatga sazovorligini aniqlaydi). Ilk ikki tarmoq odatda antagonist hisoblanadi, biroq ijodkor kishilarda ular bir vaqtda ishga tushgan.
Tadqiqot nafaqat uch mamlakat ko‘ngillilarida, balki rassomlar, musiqachilar va olimlarda ham o‘tkazilgan. Izlanish mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, ularning tahlili yangi Eynshteynni aniqlash imkonini bermaydi, biroq u yoki bu kishining fikrlashidagi moslashuvchanlikka doir tasavvur hosil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda