date

Anchelotti: Ronaldu 1000 gol uradi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 1000 ta gol urish maqsadi haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis avvalroq Madridning "Real" jamoasida portugaliyalik hujumchi bilan birga ishlagan.

Hozirda 40 yoshli futbolchi "Al-Nasr" klubi safida o'ynab, 953 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. "U albatta 1000 ta gol uradi.

Bu natijaga erishishiga shubham yo'q. Yaqinda Italiyada mendan Luka Modrich haqida so'rashgandi, va men u 40 yoshida ham "Milan"da o'zini ko'rsatishi mumkinligini aytdim.

Krishtianu va Luka – bu futbolni sevuvchi va o'z ishiga chin dildan berilgan haqiqiy professionallar. Ular har doim o'z maqsadlariga erishadilar.

Ronaldu 1000-golini urganida, meni bu ajoyib rekord sharafiga o'tkaziladigan bayramga albatta taklif qilinglar," – dedi Anchelotti Diario AS nashriga bergan intervyusida. Karlo Anchelotti "Real" klubini 2013-2015 va 2021-2025 yillar davomida boshqargan.

Krishtianu Ronaldu esa "Qirollik klubi"da 2009 yildan 2018 yilgacha toʻp surgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: Ronaldu 1000 gol uradi